Tarona.Xyz

Assalomu alaykum, Mehmon
Assalom alaykum,
Otani norozi qilgan o'g'il
Fazl ibn Yahyo Barmakiyning ko`kragida kichkinagina oq dog` paydo bo`lib, u bundan qattiq qayg`uga tushdi. Birov sezib kolmasin, deb hammomga ham kechasi boradigan bo`ldi. Bir kuni xodimlarini yig`ib: “Shu kunlarda Iroq, Xuroson, Shom va Forsda eng kuchli tabib kim?” -deb so`radi. Xodimlar: “Fors Josaliq!” - deb javob berishdi.

U Forsga odam yuborib, hakim Josaliqni Sherozdan Bag`dodga olib keldi. So`ng hakim bilan pinhona suhbatlashib, uni sinab ko`rish maqsadida: “Oyog`im nimagadir zaiflashib boryapti, muolaja qilib ko`rsang!” -dedi. Hakim Josaliq unga: “Sutli ovqatlar va achchiq narsalardan parhez qilasan, bir yoshli tovuq go`shtini no`xat sho`rva qilib ichasan, halvo eysan, tovuq tuxumining sarig`ini asalga iylab, undan ham tanovul qilasan. Mazkur ovqatlannsh tartibini yo`lga qo`yganingdan keyin men muolajani boshlayman!” - dedi. Fazl: “Ho`p, aytganlaringni qilaman”, - dedi.

Biroq Fazl o`sha kuni kechqurun o`z odati bo`yicha hamma ovqatlardan eyaverdi. Quyuq, zirabo ovqati tayyorlashgan edi, undan ham tanovul qildi. Uzum murabbosi, dorivor moddalar solingan loviyali ovqatdan ham o`zini tiymadi.

Ertasi kuni Josaliq kelib, uning peshobini olishga buyurdi. Peshobga nazar solgach, qovog`ini solib: “Men seni davolay olmayman, senga achchiq va sutli ovqatlar eyishni man kilgan edim, sen esa zirabo ichibsan, mentaqiqlagan ovqatlardan ham parhez qilmabsan, senga dori muvofik, kelmaydi!” - dedi.

Fazl bu ulug` kishining oqil va fozilligini bildi, unga ofarinlar aytib, o`zining haqiqiy dardi haqida yorilib, dedi: “Men seni mana shu masala xususida chaqirtirgan edim, u aytganim va eganlarimning hammasi imtihon uchun edi!”

Shunday qilib, Josaliq uni davolashga kirishdi va ilmu tajribasidan kelib chiqib, barcha muolajani qildi. Oradan ancha vaqt o`tsa-da, hech kanday o`zgarish bo`lmadi. Hokim: “Nega bunaqa bo`lyapti!” - deb jig`ibiyron bo`la boshladi.

Bir kuni u shunday dedi: “Ey ulug` hukmdor! Men davo uchun lozim choralarning hammasini amalga oshirdim, ammo ta`siri sezilmayapti. Nahotki, sen otangni norizo qilgan bo`lsang?! Agar shunday bo`lsa, uni rozi qil, shundagina seni bu darddan qutqara olaman!”

Fazl ibn Yahyo qattiq ahd bilan otasining huzuriga bordi va o`zini uning oyog`iga tashlab, kechirim so`radi. Otasi uni kechirdi.

Shundan keyin Josaliqning muolajalari ta`sir qilib, illat asta-sekin tuzala boshladi va oradan ko`p vaqt o`tmay, butunlay yuqolib ketdi.

Shundan so`ng Fazl ibn Yahyo tabibdan: “Otamning mendan norizoligi bu illatning sababi ekanini qanday bilding?” - deb so`radi. Josaliq: “Men qanday usul bilan davolamay, foydasi bo`lmagach, duoyi badga qolganingni tushundim”. Atrofingda sendan norozi odamni ko`rmadim, odamlar ehsoning bilan osuda yashamoqdalar. Ammo keyinroq otang bilan sening orangda dushmanlik borligi va otang sendan norozi ekanini bilgach, davoning foydasizligini tushundim.

Shundan so`ng Fazl ibn Yahyo Josaliqni katta in`omlari bilan Forsga jo`natib yubordi.

BIR YuZUBIRINChI DARRA

Bir ota va o`g`ilni bir hokim qoshiga darra urib jazolash uchun keltirdilar. Avval otani yotqizib yuz darra urdilar. U indamadi. Undan so`ng o`g`lini yotqizib bir darra urgan edilarki, ota dodu faryod qila boshladi. Hokim dedi:

— Sen yuz darra eganda ovozingni chiqarmading, o`g`lingga bir darra urganda nechun nola kilasan?

Ota dedi:

— Tanamga tekkan darralarga chidab turgandim. Jigarim azoblanishiga chiday olmadim.
Do'stlarga ulashing!
 
Java kitob ko'chirish

»TASRLI»»HIKOYALAR
Kutubxonaga
Tasodifiy tarona
Farruh Hamrayev-Sog'inarsan
UzFly.Net-Parvoz qilamiz 2013-2018
Яндекс.Метрика UzMasterS.RuStatok.net